Xalqaro boks tashkiloti (IBO) versiyasi bo‘yicha jahon chempioni germaniyalik Marko Xuk ukrainalik Dmitriy Kucherga qarshi chempionlik himoyasi bellashuvida singan qo‘li bilan 8 raund jang qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bellashuv shu yilning 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. 12 raund davom etgan jangda germaniyalik bokschi hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonib, chempionlik kamarini himoya qildi.
Xuk osonlikcha g‘alaba qozongandek ko‘rindi, ammo keyinroq ma’lum bo‘lishicha, u 8 raund davomida qo‘lidagi jarohat bilan jang qildi. 32 yoshli sportchi Twitter’dagi sahifasiga singan qo‘lining rentgen suratini yukladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)