Xitoyning bir qancha banklari Xenan provinsiyasining Chjenchjou okrugida istiqomat qiluvchi qo‘lsiz kishiga uy krediti berishdan bosh tortdi. Buning sababi sifatida undan barmoq izlarini olish imkonsizligi ko‘rsatildi, deb xabar beradi TJournal.
25 yoshli Vu Szyanpin besh yoshida ikki qo‘lidan mahrum bo‘lgan edi. Uni tok urganidan so‘ng qo‘llarini kesib tashlashga to‘g‘ri keldi.
14-noyabr kuni erkak kutilmagan byurokratik muammoga duch keldi: barmoq izlarini olish banklarda standart jarayon hisoblanadi, ammo uning barmoq izlarini olib bo‘lmagani bois moliyaviy idoralar birin-ketin kredit berishdan bosh tortdi.
Szyanpin og‘zi yordamida imzo qo‘ya oladi, ammo kredit olish uchun bu yetarli emas.
Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Internetdagi tanqiddan so‘ng bir qancha moliyaviy idoralar o‘z qarorini o‘zgartirib, kredit berishga rozi bo‘ldi.
Izoh (0)