Koreya Respublikasining adliya vaziri Kim Xyon Un mamlakat prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiyaviy mojaro tufayli iste’foga chiqishni taklif qildi. Bu haqda Janubiy Koreya yetakchisining ma’muriyati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Adliya vaziri, shuningdek, prezidentning katta maslahatchisi Chxve Chje Gyon hafta boshida iste’foga chiqish haqida iltimosnoma berdi. Davlat rahbari hozircha ularning iltimosi bo‘yicha qaror qabul qilmadi”, — deyiladi prezident ma’muriyati xabarida.
Janubiy Koreya prokuraturasi 20-noyabr kuni Koreya Respublikasi prezidenti atrofida yuzaga kelgan mojaro bo‘yicha o‘tkazilgan surishtiruvning oraliq natijalarini tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya madaniyat, sport va axborot vazirining sobiq o‘rinbosari, 55 yoshli Kim Chon prezident Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiyaviy mojaro tufayli Seul sudi ko‘rsatmasiga binoan qamoqqa olinganligi haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)