Erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Misr va Afrika chempioni, 2016-yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibasi Rim Mahdiyning otasi o‘z qizini o‘ldirishda ayblanmoqda. Ismoiliya shahri prokuraturasi uni hibsga olish uchun ruxsatnoma berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Tergovchilarning fikriga ko‘ra, erkin kurash bo‘yicha 1959-yilgi jahon chempioni Mahdiy Kaburiya qizi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani bois uni urib o‘ldirgan. Marhum qizning onasi Kaburiya qizini mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani hamda vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazgani uchun kaltaklab kelganini aytdi.
Qizning halok bo‘lgani haqida 19-noyabr kuni ma’lum qilindi. Dastavval jurnalistlar Rim Mahdiyni Ismoiliya shahrida mashina urib ketganini xabar qildi. O‘sha kuni qiz dafn etildi. Ammo yangi faktlar yuzaga chiqqani bois prokuratura autopsiya o‘tkazish uchun tanani qazib olishga ko‘rsatma berdi.
Izoh (0)