AQShning Chattanuga shahrida (Tennessi shtati) maktab avtobusi ag‘darilib ketdi va daraxtga urildi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Halok bo‘lganlarning yoshi ma’lum qilinmadi. 23 kishi shifoxonaga yotqizildi. Politsiya hodisa sabablarini aniqlashtirmoqda.
Bu hafta ichida Tennessida maktab avtobusi ishtirokida yuz bergan uchinchi yo‘l-transport hodisasidir. 18-noyabr kuni yuk mashinasi yo‘l chetida turgan avtobusga urilgandi. Yuk mashinasining haydovchisi halok bo‘lgan, 20 nafar bola jabrlangan edi.
19-noyabr kuni 43 nafar maktab o‘quvchisini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib, qiyalikka qulab ketishi tufayli 23 kishi shifoxonaga joylashtirilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)