“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike “Seltik” klubiga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-turida hujumchi Lionel Messining xizmatlaridan foydalana oladi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Xabarda qayd etilishicha, argentinalik 26 yoshli futbolchi kataloniyaliklarning so‘nggi mashg‘ulotida umumiy guruh bilan birlagikda shug‘ullandi.
Avvalroq Messining Kolumbiya termasiga qarshi (3:0) JCh–2018 turniriga saralash bosqichi oldidan Argentinaga parvoz vaqtida mazasi qochgani haqida xabar qilingandi. Saralash o‘yinidan keyin “Barselona” ixtiyoriga qaytgan hujumchi “Malaga”ga qarshi (0:0) o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Seltik” – “Barselona” uchrashuvi 23-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)