10–18-noyabr kunlari hindistonliklar qiymati 5,45 trillion rupiyaga (80 milliard dollar) teng 500 va 1000 rupiya nominalli eski banknotalarni almashtirdi. Bu summaga bank depozitlaridagi 5,12 trillion rupiya hamda 33 milliard naqd pul kiradi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 8-noyabr kuni 500 va 1000 rupiya nominalli banknotalar iste’moldan chiqarilishini e’lon qilgan edi. Hukumat shu yo‘l bilan noqonuniy topilgan pullarga qarshi kurashmoqchi.
Izoh (0)