• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Korrupsiya ustidan g‘alaba qozonish uchun pullarni bekor qilamiz: Hindiston katta banknotalarni qonundan tashqari deb e’lon qildi

    8-noyabr oqshomida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi kutilmagan e’lon bilan chiqish qildi: 9-noyabr tongidan boshlab 500 va 1000 rupiya (mos ravishda, taxminan, 7,5 va 15 AQSh dollari) qiymatidagi banknotalar haqiqiy emas, deb topiladi. Mamlakat hukumati shu yo‘l bilan yashirin iqtisodiyotga zarba berishga qaror qildi. Fuqarolar pul almashtirish va yonilg‘i quyish shoxobchalariga otilgan. Meduza nashri Hindiston rahbariyati qo‘l urgan bunday keskin chora sabablarini izohladi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Eng yirik banknotalarni bekor qilish bo‘yicha operatsiya to‘liq maxfiy tartibda amalga oshirildi. Teletomoshabinlar yaqin vaqt ichida ularga bosh vazir murojaat qilishi haqidagi e’lonni ko‘rgan, shundan so‘ng bosh vazir chiqish qilib, bir necha soatdan so‘ng 500 va 1000 rupiyalik kupyuralardan foydalanib bo‘lmasligini ma’lum qilgan. Bu e’lon berilgan vaqtda Dehlidagi restoranda o‘tirgan “Bi-bi-si” muharriri Saymon Jekning yozishicha, tamaddixona mehmonlari va xodimlari hayratdan og‘zi ochilgani holda ekranga qarab qolgan. Hukumat pul islohotiga hech kim ulgurmasligi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilgan.

    Hayratdan o‘ziga kelgan hindlar bankomatlar tomon yugurgan. Ularda 9-noyabrning yarim kechasiga qadar mayda naqd kupyuralarni yechib olish imkoni bor edi — shundan so‘ng banklar 24 soatga yopilishi, bankomatlar esa faqat dam olish kunlaridan so‘ng ishlashi ma’lum qilingan edi. Chorshanba kuni hindlar yirik kupyuralarni yana ikki kun davomida qabul qilishi lozim bo‘lgan yonilg‘i quyish shoxobchalarini shturm qilishni boshladi. Hukumatning bu qarori birinchi galda qishloq joylardagi aholi uchun kutilmagan yomon xabar bo‘ldi, chunki yirik shaharlarda onlayn-servislar va naqdsiz to‘lov turi yetarlicha rivojlanib ulgurgan.

    Pullardan foydalanish uchun, ularni almashtirish kerak. Xohlovchilar o‘zining 500 va 1000 rupiyalik pullarini nisbatan kichik yoki kelasi hafta oxiridan muomalaga chiqarilishi kutilayotgan yangi namunadagi 500 va 2000 rupiyalik banknotalarga almashtirib olishlari uchun hukumat 30-dekabrgacha muxlat bergan. Ayni vaqtda, pulni almashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat kerak bo‘ladi. Agar fuqaro almashtirmoqchi bo‘layotgan katta pullar avval deklaratsiyalarga kiritilmagan bo‘lsa, u bu pullar qayerdan kelganini soliq organlariga izohlab berishi zarur.

    Eski kupyuralardan voz kechmoqchi bo‘lganlar uchun talablar hech qanaqasiga susaytirilmaydi. Hindiston Moliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, u yoki bu sababga ko‘ra o‘z uyida yirik kupyuralarni saqlagan oddiy xonadon egalarida pulni alshmatirish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmasligi kerak. Katta pullar taqiqi sentabr oyida yakuniga yetgan soliq amnistiyasida qatnashishni xohlamaganlarga qarshi yo‘naltirilgan. Mazkur amnistiya doirasida hukumat 650 milliard rupiya (taxminan 9,7 milliard dollar)ni yashirin iqtisodiyotdan chiqarishga muvaffaq bo‘lgan edi. Mamlakatdagi butun yashirin iqtisodiyot hajmi 30 trillion rupiya (450 milliard dollar)ga yoki Hindiston yalpi ichki mahsulotining 20 foiziga teng, deb baholanadi.

    Juda katta miqdordagi pulni almashtirishga to‘g‘ri keladi. Hindiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi butun pul massasining 86 foizini aynan taqiqlangan pullar tashkil etadi. Bu umumiy qiymati 15 trillion rupiyaga teng 23 milliarddan ortiq banknota, degani. Mamlakatdagi har ikkinchi moliyaviy operatsiya aynan shu pullar vositasida amalga oshiriladi.

    Narendra Modi saylovlar arafasida keskin pul islohotiga qo‘l urdi. Mamlakatning yangi parlamenti 2019-yilda saylanadi, biroq Hindiston shtatlaridagi mahalliy saylovlar yaqin orada boshlanadi. “‘Qora pullar’ va korrupsiya — qashshoqlikka barham berish yo‘lidagi asosiy to‘siqlardir”, — dedi bosh vazir o‘z murojaati vaqtida. Bu so‘zlar avvalo Modini hukumat rahbari sifatidagi dastlabki ikki yillik faoliyati davomida korrupsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi yetarlicha kurash olib bormaganlikda ayblaganlarga qaratilgan.

    Mazkur keskin choralar bosh vazirning o‘ziga ham, uning Hindiston xalq partiyasiga ham qarshi zarba bo‘lib qaytishi mumkin, chunki partiya shu kungacha qabul qilayotgan pul mablag‘larining to‘rtdan uch qismi deklaratsiya qilinmagan manbalardan olinardi. Banknotalarning taqiqlanishi ham oddiy fuqarolar, ham yaqin haftalar yoki oylar davomida foydasining katta qismidan mahrum bo‘ladigan biznes vakillari tomonidan partiyani moliyalashtirish qisqarishiga sabab bo‘ladi.

    Hindiston tomonidan tanlangan taktika yangilik emas. 2016-yil mayida Yevropa Markaziy banki ham shunga o‘xshash tashabbus bilan chiqqan. Ular 500 yevrolik kupyuradan butunlay voz kechishga qaror qilgan, chunki shubhali o‘tkazmalarning aksariyati aynan shunday pul birliklari yordamida amalga oshirilgan. Biroq Yevropada buning uchun ikki yil muxlat berilgan bo‘lib, yirik kupyuralarni bosmadan chiqarish bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    10.11.2016, 17:40   Izoh (0)   17627
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Trampning g‘alabasidan so‘ng dunyoning eng badavlat kishilari 40 mlrd dollar yo‘qotdi

    10.11.2016, 17:13

    Janubiy Koreyada AQShdagi prezidentlik saylovlarida Tramp g‘alaba qozonganidan tashvish bildirilmoqda

    10.11.2016, 16:17

    Iroq harbiylari Mosulning yana bir dahasini jangarilardan ozod qildi

    10.11.2016, 12:11

    Afinada noma’lum shaxslar Fransiya elchixonasiga granata tashladi

    10.11.2016, 12:04

    “Fukusima-1” AESning birinchi reaktorida himoya gumbazi to‘liq buzib tashlandi

    10.11.2016, 11:54

    Qirg‘iziston parlamenti hukumatning yangi tarkibini ma’qulladi

    10.11.2016, 11:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.