O‘z vaqtida O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qilgan Anqara Toshkent tomonidan ham shunday qadamni kutmoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi, deb yozadi “1news.uz”.
“Turkiya O‘zbekiston bilan aloqalarda yangi sahifa ochdi. Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni kiritgan. Umid qilamizki, O‘zbekiston ham Turkiya fuqarolari uchun vizalarni bekor qiladi”, — dedi Chavusho‘g‘li.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Samarqandga tashrif buyurib, Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi.
Izoh (0)