Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida poyezdning halokatga uchrashi qurbonlari soni 116 kishini tashkil etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 100 kishidan oshgani bildirilgan edi.
Yaralanganlar soni 200 kishi atrofida.
Kanpur shahridan 100 kilometr narida Indor-Patna ekspressining 14 vagoni relslardan chiqib ketdi. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 3:00 da ro‘y bergani bois yo‘lovchilarning ko‘pchiligi uxlayotgan edi.
Izoh (0)