Yaponiya hukumati Rossiya bilan tinchlik bitimi to‘rt orolning tegishliligi aniqlanganidan so‘ng imzolanishini ma’lum qildi. Bu haqda bayonot bergan vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga Kuril arxipelagining to‘rt janubiy orolini nazarda tutdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Butun hukumat shu yo‘nalishda ishlamoqda. To‘rt orolning tegishliligi hal qilinganidan so‘ng tinchlik bitimi imzolanadi”, — ta’kidladi u o‘z ma’ruzasida.
15–16-dekabr kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiyaga tashrif buyurishi munosabati bilan bir necha oydan buyon jamoatchilik orasida Kuril orollarini RFdan qaytarib olish masalasi faol muhokama qilinmoqda.
Izoh (0)