AQShning bo‘lajak prezidenti Donald Tramp Bosh prokuratura va Markaziy razvedka boshqarmasining yangi rahbarlarini tanladi. Bular senator Jeff Seshns va kongressmen Maykl Pompeodir, deb xabar beradi “RBK”.
18-noyabr kuni Bloomberg va CBS Tramp Seshnsga bu taklifni yetkazganini ma’lum qildi. Keyinchalik Trampning muvaqqat shtabi vakili Seshns taklifni qabul qilganini bildirdi.
Fevral oyida Seshns Trampni qo‘llab-quvvatlagan birinchi senator bo‘lgan edi.
Shuningdek, Maykl Pompeo MRB rahbari lavozimini egallashga rozi bo‘lgani aytilmoqda. U Respublikachilarning ultrakonservativ Choyxo‘rlik harakati a’zosi sifatida mashhur.
Bundan tashqari, 45-prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimini iste’fodagi general-leytenant, mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasining sobiq direktori Maykl Flinn egallaydigan bo‘ldi.
Izoh (0)