Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov mamlakat poytaxti Ostonadagi EKSPO ko‘rgazmasiga ajratilgan hududda qurilayotgan binoning qulashiga izoh berib o‘tdi. Bu haqda Kazakhstan Today nashri xabar bermoqda.
Jurnalistlarning savollariga javob berarkan, Idrisov ko‘taruvchi konstruksiyaga hech qanday ta’sir qilmaydigan oraliq konstruksiya qulaganini bildirdi.
“Favqulodda vaziyatga tezkor choralar ko‘rildi, qurbonlar yo‘q. Qurilish davom etmoqda, bari muddatida topshiriladi”, — ishontirdi u.
Shuningdek, Yerlan Idrisov voqea EKSPO-2017 ning imijiga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidladi.
Izoh (0)