Qozog‘iston poytaxti Ostonada EKSPO ko‘rgazmasi hududida qurilayotgan bino quladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, binoni BI Group kompaniyasi qurayotgan edi. Voqea sodir bo‘lgan paytda u yerda quruvchilar ishlayotgan edi.
Mahalliy matbuot vakillarining bildirishicha, voqea joyiga hatto kriminalistlar kiritilmayapti. Shuningdek, obyektga uchta tez yordam mashinasi yetib kelgani ma’lum.
Quruvchilardan biri voqea joyida olingan videoni internetga joylashtirdi.