NATOning Ramshtayndagi aviabazasida xizmat qilayotgan turkiyalik bir necha harbiy xizmatchi Germaniyadan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Kayzerslauternlik mahalliy amaldor Paul Yunkerning ma’lum qilishicha, harbiylarning oilalari ham boshpana so‘rab murojaat qilgan.
Deutsche Welle radiosining turk xizmati xabar berishicha, diplomatik pasportlarga ega 60 ga yaqin Turkiya fukarosi, hukumat talabiga qaramay, hozirgacha mamlakatga qaytgani yo‘q. 15-iyuldagi harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng hukumat barcha harbiy xizmatchilar va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining mamlakatga qaytishini talab qilgan edi.
Izoh (0)