Fitch Ratings reyting agentligi O‘zbekistonning davlat nazorati ostidagi to‘rtta bankining xorijiy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolti reytingini “B” darajadan “B+” darajagacha ko‘tardi, deya xabar bermoqda UzDaily. Bular “O‘zsanoatqurilishbank”, “Asaka”, “Agrobank” va “Mikrokreditbank”dir.
Suveren kredit qobiliyatining Fitch agentligi tomonidan ijobiy qayta baholanishi O‘zbekiston iqtisodiyotining mintaqadagi tushkunlikka nisbatan barqarorligini hamda hukumat almashishining silliq kechishidan so‘ng siyosiy risklarning mo‘tadil pasayishini aks ettiradi, deyiladi xabarda.
Ushbu to‘rtta bankning emitent defolti reytinglari, qo‘llab-quvvatlash reytinglari va uzoq muddatli emitent defolti reytinglarini qo‘llab-quvvatlash darajasi hamon O‘zbekiston hukumatidan ko‘mak olish salohiyati orqali mustahkamlanmoqda.
“O‘zsanoatqurilishbank”, “Asaka”, “Agrobank” va “Mikrokreditbank”ning emitent defolti reytinglari suveren kredit qobiliyatining mustahkamlanishi yoki zaiflashishi natijasida o‘zgarishi mumkin. Banklarning nazorat qiluvchi aksiyadori o‘zgarsa, ularning reytingi pasayishiga olib kelishi mumkin.
Izoh (0)