• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Akmal Saidov: O‘zbekiston saylov qonunchiligi mamlakat zimmasiga olgan majburiyatlarga to‘liq javob beradi

    O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligi demokratik standartlarga mos bo‘lib, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida zimmasiga olgan majburiyatlariga to‘liq javob beradi. Yuridik fanlar doktori, professor Akmal Saidov “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun fuqarolar saylov huquqlariga rioya qilishning muhim kafolatlari sifatida quyidagi asosiy tamoyillarga tayanishini ma’lum qildi.

    Foto: UZ24

    Foto: UZ24

    Saylovning ochiqligi va oshkoraligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni mustaqil saylov komissiyalari xolis, ochiq va oshkora amalga oshiradilar. Saylovni tayinlash, unga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazishga doir qarorlar rasmiy e’lon qilinadi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘zda tutilgan tartib va muddatlarda jamoatchilik e’tiboriga yetkaziladi. Bu, o‘z navbatida, saylovning milliy hamda xalqaro kuzatuvini amalga oshirish uchun keng imkoniyat yaratadi.

    Erkin saylovlar. Fuqarolar saylovda erkin va ixtiyoriy ravishda qatnashadilar. Hech kimning ularni muayyan bir nomzodni yoqlab yoki unga qarshi ovoz berishga majbur qilishga haqqi yo‘q. Shu bilan birga, hech kim fuqaroga uni saylovda ishtirok etishga majburlash maqsadida hamda uning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga haqli emas. Prezident saylovi bo‘yicha ovoz berish yashirin bo‘lib, fuqarolar tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Fuqarolarning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Byulletenlarni to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining hozir bo‘lishi taqiqlanadi.

    Haqqoniy saylovlar. Saylovlar fuqarolarning xohish-irodasini erkin bildirishi va uni bevosita amalga oshirishini ta’minlaydi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun saylovchilarga nomzodlarni tanlash imkoniyatini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun teng huquqiy sharoitlar yaratilgan. Ro‘yxatga olish tartibi aniq va tushunarli qilib ta’riflangan. Unda kim uchundir imtiyoz berish yoki kimnidir cheklash uchun asos bo‘ladigan sharoitlar ko‘zda tutilmagan. Ovozlarni sanab chiqish, ovoz berish yakunlari hamda saylov natijalarini soxtalashtirish, fuqarolarning o‘z saylov huquqlarini erkin amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish qonun bilan taqiqlangan.

    Adolatli saylovlar. Saylovlarning adolatliligi tamoyili asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga teng huquqiy sharoit ta’minlanadi. Bu, avvalambor, umumiy va teng saylov huquqida, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etishda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng imkoniyatlarni yaratishda ko‘zga tashlanadi. Shu bilan birga, saylovni, nomzodlarning saylov kampaniyasini adolatli va oshkora moliyalashtirish, saylovning barcha tadbirini rasmiy e’lon qilish orqali ovoz berish natijalari haqida to‘liq va tezkorlik bilan xabardor qilish, qolaversa, ochiq hamda oshkora, jamoatchilik va xalqaro kuzatuvchilar nazorati ostida faoliyat yuritadigan mustaqil saylov komissiyalari tomonidan saylov jarayoni tashkil qilinishi ham adolatli saylov garovi hisoblanadi. 

    Mustaqil saylov komissiyalari tomonidan saylovlarni o‘tkazish. O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, fuqarolarning saylov huquqi hamda erkinligini ta’minlash, shuningdek, ularga rioya etilishini nazorat qilish Konstitutsiya va qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida xolis faoliyat yuritadigan mustaqil saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Saylov komissiyalarini shakllantirish, ularning vakolatlari va faoliyatini amalga oshirish qonun bilan belgilanadi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunda saylov komissiyalari tizimi, ularning vakolatlari, faoliyatini tashkil qilish muddati mustahkamlangan.

    Saylovni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylov kampaniyasini davlat tomonidan moliyalashtirish. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

    Davlat saylovda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga o‘z saylov kampaniyasini moliyalashtirish uchun budjet mablag‘larining qonunlarda ko‘zda tutilgan holatlarda va tartibda adolatli ajratilishini ta’minlaydi. Prezidentlikka nomzodlarni boshqa mablag‘lar hisobidan moliyaviy ta’minlash hamda o‘zga tarzda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.

    Saylov kampaniyasini yoritishga, nomzodlar va siyosiy partiyalarga tashviqot faoliyatini olib borishga davlat tomonidan axborot ko‘magi berilishi. Davlat fuqarolarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovoldi tashviqotini qonun ruxsat bergan barcha tur, shakl va usullarda, shuningdek, qonunda ko‘zda tutilgan tartib hamda muddatlarda erkin olib borishni ta’minlaydi. Qonunlar, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, barcha nomzodga o‘z saylovoldi tashviqotini olib borish, shu jumladan, Saylovoldi dasturi qoidalarini keng targ‘ib qilish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda adolatli va teng sharoitlar ta’minlanadi. Ayni paytda ommaviy axborot vositalari erkinligini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

    Milliy, xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar ishtiroki. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning har biri qonun bilan belgilangan tartibda har bir saylov uchastkasiga bittadan kuzatuvchi tayinlashga haqli. Ular ovoz berish xonalarida kuzatuvni amalga oshirish huquqiga ega. Kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari qonun bilan belgilangan.

    “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning o‘ziga xos jihati shundaki, uning 5-moddasida saylov kampaniyasi boshlanishidan ovoz berish natijalari e’lon qilingungacha bo‘lgan davrdagi barcha jarayonni kuzatishga ruxsat berilishi kafolatlangan. Bu xalqaro amaliyotda juda kam uchraydigan majburiyatlardan biridir.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi ustidan shikoyat qilish huquqi va javobgarlik. Fuqaroning saylov huquq hamda erkinliklari buzilgan holatda jabrlangan shaxs yoki shaxslar mustaqil sudlarga shikoyat qilish huquqiga ega. Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqiqlangan harakatlar (harakatsizlik)ni sodir etgan aybdor shaxslar qonunlarga muvofiq, javobgarlikka tortiladi. Bunda saylov qonunchiligi buzilganligiga oid shikoyat hamda arizalar uch kun ichida, saylov kuni kelib tushsa, darhol ko‘rib chiqiladi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    16.11.2016, 17:41   Izoh (0)   10606
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zXDP Prezidentlikka nomzodining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy bo‘lmagan sahifalaridagi axborotlarga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi

    16.11.2016, 17:08

    Narimon Umarov Samarqanddagi uchrashuvda raqobatdosh energiya bozori yaratilishini rag‘batlantirishga e’tibor qaratdi

    16.11.2016, 16:18

    Toshkent shahrida biometrik pasportlar berilishi vaqtincha to‘xtatildi

    16.11.2016, 15:53

    Sarvar Otamuratov Surxondaryodagi uchrashuvda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda genlarni modifikatsiya qilish usulidan foydalanishni cheklashga chaqirdi

    16.11.2016, 14:53

    Shavkat Mirziyoyev Pokistondagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    16.11.2016, 10:16

    Xorijlik kuzatuvchilar: O‘zbekiston xalqi mamlakatdagi o‘zgarishlarni davom ettirishga qodir munosib yetakchini saylashiga ishonamiz

    16.11.2016, 10:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda aralash mato va gazlama 2028-yilgacha bojxona bojidan ozod etiladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:49

    Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi taklifini rad etdi — Bild

    Sport | 13 avgust, 15:34

    Grok G‘azo bo‘yicha javobi uchun vaqtincha bloklandi

    Dunyo | 13 avgust, 15:31

    O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:23

    “Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozondi” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 15:15

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    O‘zbekistonda fermerlarga paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:57

    Shavkat Mirziyoyev paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:46

    Misrdagi tilla bilan qoplangan eng qadimgi mumiyo qanday ko‘rinishda? (foto)

    Ilm-fan | 13 avgust, 14:45

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.