Janubiy Afrika Respublikasining Anglo American tog‘-kon xoldingi ishlab chiqarishni to‘xtatib, Chili markazidagi Los-Bronses koni hududidan 1,5 ming xodimni evakuatsiya qilishga qaror qildi, deb yozadi “TASS”. Bunday qaror norozilik namoyishiga chiqqan konchilar shaxtani egallab olgach, qabul qilindi.
Kompaniyadagilar ta’kidlashicha, “yuzaga kelgan sharoitlar ishchilarning xavfsizligini ta’minlamasligi” sababli, ular evakuatsiya qilinadi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, kapyushon kiyib olgan 100 ga yaqin noma’lum kimsalar 16-noyabr, chorshanba kuni ertalab Anglo American kompaniyasining Chilidagi eng yirik koniga hujum qilib, barrikadalar qurib olgan va ishni to‘xtatib qo‘ygan.
Kasaba uyushmalari bilan muzokaralar samarasiz bo‘ldi — ular namoyishchilarning shaxslarini oshkor qilishni istamadi. Prokuratura hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.
Izoh (0)