19-noyabrdan O‘zbekiston hududida havo harorati keskin tushishi kutilmoqda. Bu haqda, “O‘zgidromet” prognozlariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
21-noyabrga kelib havo harorati kechki soatlarda Selsiy bo‘yicha -2... -7 darajaga, kunduzi esa -2... +3 daraja bo‘ladi.
Shuningdek, 19–21-noyabr kunlari O‘zbekistonning turli hududlarida qor yoki yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi 17–22 metr/sekundgacha bo‘ladi.
Shu ko‘rsatkichlarga yaqin havo harorati 27-noyabrga qadar saqlanib qolishi aytilmoqda.
Izoh (0)