Liviyaning Bengazi shahriga kirishda mashina portlashi oqibatida o‘nga yaqin harbiy jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ichiga portlovchi modda solingan mashinani xudkush haydovchi Bengazining sharqiy chetidagi nazorat-o‘tkazish punkti oldida to‘planib turgan harbiy xizmatchilar ustiga haydagan.
Mamlakatdagi birorta radikal guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)