Iroq hukumat qo‘shinlari Mosul shahridan janubi-sharqroqda joylashgan qadimiy Nimrud shahrini IShID jangarilaridan ozod qildi. Bu haqda, Al Sumaria telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mosulni ozod qilish bo‘yicha yer usti operatsiyasi 17-oktabr kuni boshlangan edi. Unda, hukumat qo‘shinlaridan tashqari, kurd ko‘ngillilari va xalqaro aksilterror koalitsiyasi kuchlari qatnashmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)