Moskvada ona va bola ko‘p qavatli binoda joylashgan xonadon derazasidan o‘zini tashladi. Bu haqda “Argumenti i fakti” xabar bermoqda.
10-noyabr kuni 1960-yilda tug‘ilgan ayolning tanasi topilgan edi. Uning badanidagi jarohatlar ayol balandlikdan tushib ketganidan guvohlik berar edi. Keyinroq xuddi shunday jarohatlar olgan 29 yoshli erkak ham topildi. U shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Tergovchilar halok bo‘lganlar yashagan xonadonni ko‘rib chiqdi. U yerda kurash izlari aniqlanmadi. Marhumlarning o‘zi sakragani taxmin qilinmoqda. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)