Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 11-noyabr, juma kuni mamlakatning yangi hukumatini tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Prezident farmoni imzolangan chog‘idan kuchga kiradi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Hukumatning avvalgi tarkibi o‘tgan oy oxirida parlament ko‘pchiligi koalitsiyasi tarqalib ketganidan so‘ng o‘z-o‘zidan iste’foga chiqarilgandi.
Qirg‘iziston hukumatining yangi tarkibi avvalgisidan deyarli farq qilmaydi. Bosh vazir Sooronbay Jeenbekov, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning deyarli barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.