Tailand valiahd shahzodasi Maxa Vatchiralongkon Maxidol xorij safaridan Bangkokka qaytdi. Bu haqda 11-noyabr, juma kuni mamlakat armiyasidagi manbaga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Oliy hazratlari Germaniyadan Tailandga qaytdi va bugun kechki payt birinchi qirollik piyoda polkidagi tadbirda ishtirok etadi”, — deya ta’kidladi manba.
OAVlarga ko‘ra, shahzoda 1-dekabrda taxtni egallashi mumkin. Uning shaxsiy ishlar bilan Germaniyaga jo‘nab ketgani bunga tayyorligi borasidagi shubhalarga sabab bo‘lgandi.
Еslatib o‘tamiz, valiahd shahzodaning otasi qirol Pxumipon Adulyadet 13-oktabr kuni vafot etgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.