Ferrari 2019-yildan boshlab sotuv va daromad hajmini saqlab qolish uchun to‘liq gibrid dvigatelli avtomobillar ishlab chiqarishga o‘tadi. Bu haqda kompaniya rahbari Serjio Markyonne ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Automotive News manbalariga ko‘ra, Markyonne 10 yil davomida Ferrari sotuvini yiliga hozirgi 8 mingdan 10 mingdan ortiq avtomobilgacha ko‘paytirish niyatida.
Markyonnening bildirishicha, gibrid dvigatellari Ferrari’ga nafaqat ekologik jihatlar, balki boshqa qator xususiyatlarni ham yaxshilashga imkon beradi. Hozir kompaniyada atigi bitta gibrid model — LaFerrari mashinalari bo‘lib, ular ham allaqachon sotib bo‘lingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.