Turkiya janubi-sharqidagi Mardin viloyatining Derik tumani mahkamasi rahbari Fotih Safiturk jangarilar hujumi oqibatida jarohatlandi. Uning idorasi granatomyotdan o‘qqa tutildi, deb xabar beradi “TASS”.
Portlashdan so‘ng bino hududida jangarilar va qo‘riqchilar o‘rtasida otishma ro‘y berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, hujumni Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari amalga oshirdi.
Yaralanganlar haqida ma’lumot bor, ammo ularning soni aniq emas. Voqea joyiga ko‘plab tez yordam mashinalari yetib keldi.
Izoh (0)