Efiopalik jurnalist Dajim Zinabu Tekle Xalqaro olimpiya qo‘mitasining “Ayol va sport” mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu sovrin o‘zining 16 yillik tarixida birinchi marta erkak kishiga taqdim qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Taqdirlash marosimi Shveysariyaning Lozanna shahrida bo‘lib o‘tdi. Mukofot egasi oxirgi besh yil davomida radioda ayollar sportini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatuvni olib bormoqdi.
“Ushbu mukofot nafaqat ayollar uchun, balki jinsning tengligi borasidagi muammolarga befarq bo‘lmagan erkaklar uchun hamdir. Efiopada ayollar huquqi cheklanganini tushunganimdan so‘ng, ushbu ko‘rsatuvni yaratdim”, – dedi Tekle.
2000-yilda ta’sis etilgan “Ayol va sport” mukofoti jahonda ayollar sportini rivojlantirishga hissa qo‘shgan odamlarga beriladi.
Izoh (0)