Buyuk Britaniya shahzodasi Garri yangi dugonasi, amerikalik aktrisa Megan Marklning xavfsizligidan xavotirlanmoqda. Markl oxirgi paytlarda haqoratlarga duchor bo‘lmoqda, shuningdek, fotomuxbirlar ta’qibidan aziyat chekmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Kensington saroyi tarqatgan rasmiy bayonotda shahzodaning aktrisa bilan munosabatlari tasdiqlandi. Shu bilan birga, hujjatda aytilishicha, qizning shaxsiy hayotiga ma’lum tahdidlar mavjud.
“Uning (shahzoda Garrining) dugonasi Megan Markl haqoratlar to‘lqiniga duchor bo‘ldi. Bu haqoratlarning ayrimlari ommaviy tarzda e’lon qilindi — milliy nashrlarning birinchi sahifalaridagi ig‘vo, ijtimoiy tarmoqlardagi va gazeta maqolalarining izohlaridagi irqchilik hamlalari shular jumlasidan”, — deyiladi bayonotda.
Juftlik joriy yilning may oyida, shahzoda Torontoda o‘zining Invictus Games sport loyihasini targ‘ib qilayotganida tanishdi. O‘sha paytda bu shaharda Megan Markl rol ijro etayotgan Suits teleseriali suratga olinayotgan edi.
Izoh (0)