Demokrat Hillari Klinton va Respublikachi Donald Tramp AQSh prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar orasida mashhurlik jihatidan eng oxirgi o‘rinlarda turadi. Bu haqda, Gallup markazi ma’lumotlariga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
8-noyabr kuni chop etilgan “ma’qullash shkalasi”ga ko‘ra, Klinton respondentlarning 52 foiziga, Tramp esa 61 foiziga yoqmaydi.
Markaz bu kabi reytinglarni tuzishni boshlagan 1956-yildan buyon hali biror marta prezidentlik uchun bu qadar reytingi past nomzodlar kurashmagan.
Tramp 1956-yildan buyon prezidentlikka ko‘rsatilgan eng reytingi past nomzod bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)