Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQShdan 26 ming dona avtomatik qurol sotib olish to‘g‘risidagi kelishuvni bekor qilishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Duterte AQSh quroli qimmat ekanligi bois Filippin uni sotib olmasligini ta’kidlab o‘tdi.
“Biz har doim boshqa yerdan qurol topishimiz mumkin. IIVga kelishuvni bekor qilishni buyuraman. Bu bizga kerak emas”, — dedi prezident.
Duterte arzonroq va ayni paytda AQShniki kabi ishonchli qurol topish mumkinligini qo‘shimcha tarzda aytib o‘tdi.