Futzal bo‘yicha Tailandda o‘tayotgan Osiyo Kubogi o‘yinlarining pley off uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 26-aprel kuni doirasidagi ikki uchrashuv yakuniga yetdi.
![](/static/2024/04/26/Video-bong-da-Iraq---Afghanistan-Ruot-duoi-nghet-tho-nuoi-giac-mo-World-Cup-Futsal-chau-a-af-2-1714121841-745-width740height490-K0T1F1T-.jpg)
Unda Afg‘oniston terma jamoasi Iroqqa qarshi bahs olib bordi. Bellashuvda afg‘onistonliklar 5:3 hisobida g‘alaba qozondi va O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionati uchun imkoniyatni saqlab qoldi.
![](/static/2024/04/26/Futsal-Kyrgyzstan--SJUNNGj.jpg)
Vyetnam hamda Qirg‘iziston termalari o‘rtasidagi uchrashuvda qo‘shni respublika vakillari g‘alaba qozondi. O‘zbekiston terma jamoasidan 1:2 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchragan vyetnamliklar 2:3 hisobida qirg‘izistonliklarga ham mag‘lub bo‘ldi.
Shunday qilib, Jahon chempionatining beshinchi yo‘llanmasi uchun Afg‘oniston hamda Qirg‘iziston jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi uchrashuv Bangkok arenada 28-aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi yarim final bahsida Eronga qarshi bugun, 26-aprel sanasida maydonga tushadi. Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.
Izoh (0)