Rossiya “Birinchi kanal”ining “Golos” loyihasi yorqin ishtirokchilaridan biri Sardor Milano “battl”da g‘olib bo‘la olmadi, deb yozadi “Rossiyskiy dialog” nashri. Sardorning ustozi Dima Bilan loyihada uning raqibi Oksana Kazakovani qoldirishga qaror qildi.
4-noyabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan “battl”da ishtirokchilar kompozitsiyani ajoyib tarzda ijro etdi. Hatto, Leonid Agutin va Dima Bilan raqsga ham tushib ketdi. Qo‘shiq yakunida barcha ustozlar o‘rnidan turib, ularni olqishladi.
Ammo, loyiha qoidalariga ko‘ra, ishtirokchilardan faqat bittasi qolishi mumkin. Dima aynan Sardor shoudan chiqib ketishi kerak, deb topdi. Ammo Milano baribir loyihadan ketmadi: uni darhol Polina Gagarina o‘z jamoasiga oldi.
Avvalroq o‘zbekistonlik yosh xonanda, Rossiyaning “Glavnaya ssena” musiqiy loyihasi g‘olibi Sardor Milano “Golos” shousidagi chiqishida o‘zini “Moskvadan” deb tanishtirgani o‘zbekistonlik ayrim blogerlarning noroziligiga sabab bo‘lgan edi.
Izoh (0)