Chexiyada 2016-yilning avgust va sentabr oylarida mamlakatning 800 nafar fuqarosida Zika virusini aniqlash bo‘yicha tahlil o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 16 kishida Zika virusi aniqlandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Qariyb 800 nafar fuqaroda Zika virusini aniqlash bo‘yicha tahlil o‘tkazildi, shulardan 16 nafarida kasallik aniqlandi. Yana 15 kishining tahlilida ular Zika bilan kasallanganini ko‘rsatuvchi antijismlar topildi”, – dedi Ostrava shahridagi tibbiyot institutining Virusologiya bo‘limi boshlig‘i Gana Zelena.
Xabarda qayd etilishicha, Zika virusiga chalinganlar orasida Rio–2016 Olimpida o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar yo‘q.
Izoh (0)