Ayova shtati (AQSh) politsiyasi ikki politsiyachining o‘ldirilishida gumon qilinayotgan erkakning qo‘lga olingani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
De-Moyn politsiyasi serjanti Pol Parizekning aytishicha, 46 yoshli Skott Maykl Grin qo‘lga olish chog‘ida ko‘chaning qatnov qismidan bir o‘zi ketayotgandi. Hibs hodisadan 8 soat o‘tib amalga oshirildi.
Ayovada AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan va Bill Klinton hamda vitse-prezidentlikka nomzod Tim Keyn ishtirokidagi barcha tadbirlar bekor qilindi.
Izoh (0)