Dubay hukumati amirlikdagi shaurma sotish nuqtalarining qariyb 45 foizini yangi gigiyena standartlarini bajarmagani uchun yopib qo‘yadi, deb yozadi “Interfaks”.
Yangi qoidalar muassasa maydoni, zarur uskuna va uning holati, shuningdek, mahsulotlarni saqlash sharoitlariga taalluqli. Umumiy ovqatlanish korxonalariga ushbu standartlarga o‘tish uchun olti oy muhlat berilgan bo‘lib, muddat 31-oktabrda tugadi.
Ammo 572 ta kichik va o‘rta korxonalarning 318 tasigina hukumat talablarini bajardi. Shartlarni bajo keltirmagan nuqtalardan 113 tasi allaqachon shaurma tayyorlashni to‘xtatgan.
Izoh (0)