Samsung kodli nomi Veyron (SM-W2017) bo‘lgan smartfonni ishlab chiqmoqda, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. U buklama korpus, ikkita displey va flagman xususiyatlariga ega bo‘ladi.
PhoneArena xabariga ko‘ra, Samsung SM-W2017 smartfoni Xitoyda sertifikatsiyadan o‘tgan. Anons yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi kerak. Eng qizig‘i shundaki, buklama telefonni 1500 dollarga xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Internetda pushti rangdagi model suratlari paydo bo‘ldi.
Qurilma to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotira, 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, barmoq izi skaneri, USB Type-C porti, Samsung Pay to‘lov tizimiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)