AQShning Los-Anjeles shahridagi Kaliforniya universiteti fanlar doktori Neytan Yau odamning jinsi, irqi va yoshiga asoslangan holda uning eng ehtimoliy o‘limini hisoblab beradigan dasturni yaratdi, deb yozadi TJournal.
Yauning simulyatori “Siz qanday o‘lasiz” deb nomlandi. Undan foydalanish uchun o‘z jinsingiz, irqingiz va yoshingizni kiritishingiz kifoya.
Shundan so‘ng dastur foydalanuvchilar uchun individual o‘limlar xaritasini tuzadi — bu to‘g‘ri burchakli jadval bo‘lib, u yerdagi har bir katakcha gipotetik (taxminiy, faraziy) o‘lim variantlaridan birini bildiradi.
Dastur davriylashtirilgan bo‘lib, aylana bo‘ylab, parametrlari ko‘rsatilgan kishining hozirgi yoshidan boshlab tirik qolish ehtimoli 0 foizga teng bo‘ladigan yoshigacha bo‘lgan hayoti ko‘rsatiladi.
Shu bilan birga, hisoblab chiqarilgan yosh qanchalik katta bo‘lsa, shuncha ko‘p katakchalar turli o‘lim sabablari bilan bo‘yaladi, ular simulyatorda 15 turga bo‘lingan.
Yauning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z simulyatorini AQSh kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lumotlari asosida yaratdi. Unda saraton, infeksiya yoki qon aylanishining buzilishi kabi o‘limning faqat tabiiy sabablari hisobga olinadi.
Izoh (0)