O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki plastik kartalaridan foydalanuvchilar Click tizimi orqali kartadan kartaga pul jo‘natish va qabul qilish imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar bermoqda.
Jo‘natmalarni Click mobil dasturi, shuningdek, USSD-topshiriqlar orqali amalga oshirish mumkin.
Shu tariqa, endi kartadan kartaga pul o‘tkazish xizmatidan 16 bank mijozlari foydalanishi mumkin. Bular “Aloqabank”, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Ravnaqbank”, “Trastbank”, InFinBank, “Qishloq Qurilish Bank”, Universalbank, Hi-Tech Bank, UTBank, Orient Finans Bank, “Asaka Bank”, “Savdogarbank”, Asia Alliance Bank, “Turkiston Bank” va Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankidir.
Boshqa banklarni ham ushbu tizimga ulash ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)