International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2-noyabr kuni mobil sohadagi MobiCon//2016 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir raqamli texnologiyalar sohasining barcha ko‘zga ko‘ringan vakillarini bir maydonda yig‘adi. Konferensiya qatnashchilari va ma’ruzachilari orasida — Beeline, Yandex, “Odnoklassniki”, LG Electronics, Ucell, Uzinfocom markazi mutaxassislari va boshqalar bor.
Konferensiya dasturi rang-barang bo‘lib, unda internet, media va telekommunikatsiyani rivojlantirish mavzulari uch zalda parallel tarzda muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Bir necha qiziqarli yo‘nalishlarni qayd etib o‘tish kerak:
Internet. VimpelCom Ltd’ning korporativ aloqalar bo‘yicha direktori Endryu Chaxoyaning ma’ruzasi “5G qanday qilib dunyoni o‘zgartiradi”.
Startaplar. 2017-yilda qanday qilib startap yaratish mumkin: Kremniy Vodiysi tendensiyasi va dunyo trendlari. Ma’ruzachi Maks Gurvits (Cross Border Angels).
Qo‘shimcha reallik, biznes uchun yangi marketing mahsuloti sifatida. Ma’ruzachi: Dilshod Muzaffarov (Ledokol Group).
Elektron tijorat. Mobil tijoratning O‘zbekistondagi istiqbollari, mobil to‘lovlar uchun virtual terminallarni va MPOS tizimlarni rivojlantirish. Ma’ruzachilar: Ulug‘bek Rustamov (Click), Bekzod Botirov (UPay).
Mobil sohasida monetizatsiya manbalari. Ma’ruzachilar: Aziz Rahimov, Nikita Fominov (Yandex).
Mobil o‘yinlar — g‘oyadan sotuvga qadar. Ma’ruzachilar: Maksim Shikov (PizzaGame) va Akmal Solihov (Koozmeech).
Kontentni targ‘ib qilish. Damir Xalilov (Green PR) YouTube, Periscope, Facebook Live orqali video kontentni targ‘ib qilish haqida gapirib beradi, mobil ilovalarni targ‘ib qilish usullari bilan Sergey An (Pashigrev Marketing) va Sergey Shevchenko (Webnow) o‘rtoqlashadi. Mobil va desktop targ‘iboti farqlari haqida Alekseiy Kupreyev va Sergey Serdyukovlar (UFOX) so‘zlab beradi.
Anjumanda O‘zbekiston, Bolgariya, Rossiya, Qozog‘iston, Niderlandiya va Belarus Respublikasidan jami 20 dan ortiq ma’ruzachilar qatnashishi kutilmoqda. Tadbirning to‘liq dasturi bilan mobicon.uz veb-saytida tanishishingiz mumkin.
Eurasia Mobile Challenge tanlovi qatnashchilari uchun mashq kuni (Acceleration Day) uyushtirilishi konferensiyaning muhim voqealaridan biriga aylanadi. Kun davomida tanlov qatnashchilari o‘z loyihalarini namoyish etishi, mentorlar bilan suhbatlashishi va mutaxassislar maslahatini olishi mumkin bo‘ladi.
MobiCon konferensiyasi tashkilotchisi — Ledokol Group kompaniyasi. Tadbir bosh homiysi — Beeline. Click, IMG va “Odnoklassniki” anjumanning homiylari sifatida qatnashmoqda. Bosh axborot hamkori — Mail.ru Group. Strategik hamkor — Uzinfocom markazi.
Konferensiyada qatnashish mutaxassislar (telekommunikatsiya, ilovalar yaratish, dasturlash, raqamli marketing, reklama va PR), unga aloqador soha vakillari, raqamli xizmatlar buyurtmachilari, ushbu sohalar mutaxassisligida tahsil oluvchi talabalar va OAV vakillari uchun foydali bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi, qatnashish esa bepul.
Izoh (0)