Amerikalik olimlar o‘chirilishi umrni yarmidan ko‘piga uzaytira oladigan genni topdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Genetiklar tajriba davomida Saccharomyces cerevisiae drojji mikroorganizmlari genomini modifikatsiya qilgan. Tajriba davomida olimlar genetik kodiga alohida o‘zgarishlar kiritilgan 4698 ta modifikatsiyalangan bakteriyani olishga muvaffaq bo‘lgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, organizm umri davomiyligiga 238 ta gen ta’sir ko‘rsatadi. Biroq ulardan faqat bittasi — LOS1’ni o‘zgartirish drojji hujayralari umrini naq 60 foizga uzaytirdi.
Qayd etish joiz, olimlar tajribada organizmlarning umumiy umr davomiyligini emas, balki ona hujayra bo‘linish qobiliyatini saqlab tura oladigan davrni hisobga olgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)