1-noyabr, seshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, shuningdek, mamlakatning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 1-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +2...+7 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +5...+10 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida +10...+15 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +12 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Seshanba kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati +10...+15 daraja, mamlakatning tog‘li joylarida +15...+20 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +18...+23 daraja, Toshkent shahrida +23...+25 daraja, qolgan barcha hududlarda +28 darajagacha iliq bo‘ladi.
“O‘zgidromet” markazi axborotiga ko‘ra, 1-noyabrga o‘tar kechasi va 1-noyabr kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)