“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi”ni aniqlash bo‘yicha aksiya bayram tadbiri bilan yakunlandi. Marosim Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida InfoLib–2016 Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘iyosiddin Rajabov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Tolibjon Mirzaqulov, UZINFOCOM markazi direktori G‘ayratxo‘ja Saydaliyev mazkur aksiyaning tarixiy, madaniy va tabiiy meros haqidagi ma’lumotlarni ommalashtirishdagi ahamiyatini ta’kidladi.
“Meros.uz” loyihasi koordinatori Zumrad Shojalilova tadbir qatnashchilarini aksiya borishi jarayoni va yakunlari bilan tanishtirdi.
Yetti mo‘jiza qatoridan o‘rin olgan obida va inshootlar vakillariga tantanali vaziyatda buni tasdiqlovchi esdalik yorliqlari topshirildi. Taqdirlashda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev ishtiroki tadbir qatnashchilari uchun yana bir sovg‘a bo‘ldi.
“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aksiyasi g‘oliblarini eslatib o‘tamiz:
1. Registon ansambli (Samarqand)2. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyi (Nukus)3. Toshkent teleminorasi (Toshkent)4. Simpoziumlar saroyi (Toshkent)5. Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi (Samarqand)6. Ichan Qal’a (Xiva)7. Go‘ri Amir maqbarasi (Samarqand)
Izoh (0)