Markaziy Italiyada ketma-ket uch marotaba kuchli yerosti silkinishi qayd etildi. Bu haqda Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Oxirgi zilzila epimarkazi Rimdan 124 kilometr shimoli-sharqda, 2 kilometr chuqurlikda joylashgan. Uning magnitudasi 4,2 ball bo‘lgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 30-oktabr, yakshanba kuni ertalab mamlakatning markaziy qismida, 24-avgust va 26-oktabrda tabiiy ofat kuzatilgan hududda 6,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)