Nyu-Yorkning Metropoliten-opera teatriga tashrif buyurganlardan biri orkestr joylashgan chuqurga noma’lum moddani sepib yuborganligi tufayli tomoshabinlar evakuatsiya qilindi. Bu haqda NBC telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Jinoyatchi Joakkino Rossinining “Vilgelm Tell” operasi antraktida sahnaga chiqib oldi va orkestr joylashgan joyga kukun sepib yubordi.
Tomosha bekor qilinib, barcha tomoshabinlar evakuatsiya qilindi.
Politsiya gumonlanuvchini qidirmoqda.
Izoh (0)