Nigeriya shimoli-sharqidagi Mayduguri shahrida uyushtirilgan xudkushlik hujumlari oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 24 kishi yaralandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ikki xudkush “Bakassi” lageriga kirishga uringanida birinchi portlash amalga oshirildi. U yerda 16 ming qochqin istiqomat qiladi.
Ikkinchi hujum yarim soatdan so‘ng voqea joyidan bir kilometr narida amalga oshirildi: ichida ikki yo‘lovchi ketayotgan riksha yoqilg‘i ombori qarshisida portlab ketdi.
Hozircha birorta guruh hujumlar uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi. Nigeriya hukumati hujumlarda “Boko Haram” guruh aybdor deb hisoblamoqda.
Izoh (0)