Futbol bo‘yicha Daniya Kubogi 3-bosqichida noma’lum kimsalar “Midtyulland” futbol klubining “Fremad Amager” jamoasiga qarshi safar uchrashuvi vaqtida kiyinish xonasiga buzib kirdi. Bu haqda Squawka portaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Birinchi bo‘limdan so‘ng “Midtyulland” futbolchilari ularning kiyinish xonasiga buzib kirilganligi hamda shaxsiy buyumlari, jumladan, mobil telefonlar va avtomobil kalitlari yo‘qolganini aniqladi.
“Midtyulland”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng klub rahbariyati stadiondagi xavfsizlik darajasidan xavotirda ekanini ma’lum qildi.
Stadionning xavfsizlik xizmati bo‘lib o‘tgan voqeaga izoh berishdan bosh tortdi.
Izoh (0)