1-noyabrdan e’tiboran yo‘lovchi poyezdlar qatnov vaqtlarida ayrim o‘zgarishlar joriy etiladi. Bu haqdagi e’lon “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ saytida berildi.
Jumladan, “Toshkent–Andijon” yo‘nalishidagi 60/59-sonli poyezdning Toshkentdan jo‘nashi soat 08:05 ga, Andijonga kelishi 13:35 ga, Andijondan jo‘nash vaqti 15:50 ga, Toshkentga kelishi 21:20 ga belgilandi.
“Toshkent–Andijon” yo‘nalishidagi 62/61-sonli poyezdning Toshkentdan jo‘nashi 17:20 ga, Andijonga kelishi 22:50 ga, Andijondan jo‘nashi 06:20 ga, Toshkentga kelishi 12:04 ga belgilandi.
Shu tariqa, Toshkentdan Andijonga qatnovchi reysning yo‘l yurish vaqti taxminan yarim soatga qisqardi. Ilgari bu vaqt olti soatni tashkil qilar edi.
Bundan tashqari, quyidagi yo‘nalishlarning qatnov grafigiga o‘zgarishlar kiritildi:
“Andijon–Buxoro” yo‘nalishidagi 392-sonli poyezd: Andijondan jo‘nash — 14:20, Toshkentga kelish — 20:44.
“Andijon–Toshkent” yo‘nalishidagi 91/92-sonli poyezd: Andijondan jo‘nash — 22-15, Toshkentga kelish — 05-16, Toshkentdan jo‘nash — 06:40, Andijonga kelish — 12-55.
Shaxarlararo poyezdlarda:
“To‘qumachi–Angren” yo‘nalishidagi 6308-sonli poyezd: To‘qumachidan jo‘nash — 18:00, Angrenga kelish — 21:56.
“Angren–To‘qumachi” yo‘nalishidagi 6309-sonli poyezd: Angrendan jo‘nash — 06:03, To‘qumachiga kelish — 09:48.
“Andijon–Qo‘qon” yo‘nalishidagi 6309-sonli poyezd: Andijondan jo‘nash — 04:30, Qo‘qonga kelish — 07:39.
“Qo‘qon–Andijon” yo‘nalishidagi 6310-sonli poyezd: Qo‘qondan jo‘nash — 14:20, Andijonga kelish — 17:58.
Shuningdek, 7, 8, 9, 10, 14, 15, 16, 17, 21, 22, 23, 24-noyabr kunlari “Toshkent–Qarshi” yo‘nalishidagi 760/759-sonli “Afrosiyob” poyezdi o‘rniga 2/1-sonli tezyurar poyezd xarakatlanishi davom etadi.
Izoh (0)