Samarqand viloyati Urgut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Xalq banki tomonidan tashkil etilgan “Oltin baliq” lahzalik pul-buyum lotereyasida yutuqqa qo‘yilgan 10 mashinadan birini yutib oldi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
“Men tez-tez lotereya o‘ynab turaman, biroq hech qachon bu qadar katta yutuq egasiga aylanmaganman. ‘Oltin baliq’ lotereyasida yettinchi urinishda Spark avtomobili egasiga aylandim”, — deydi yutuq egasi Ergash Rahmonov.
Ma’lumot uchun, umumiy sovrin jamg‘armasi 10 milliard so‘m bo‘lgan “Oltin baliq” lotereyasida avtomobillardan tashqari 3,8 milliondan ortiq sovrinlar, shuningdek, 500 ming so‘mdan 25 million so‘mgacha bo‘lgan pul yutuqlari o‘ynalmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)