Navoiyda o‘tkazilgan meva-sabzavot yarmarkasida 300 dan ortiq fermer xo‘jaligi, agrofirma va qayta ishlovchi korxonalar 25 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
— Joriy yildan xorijga dukkakli mahsulotlar yetkazib berishni boshladik, — deydi Xatirchi tumanidagi “Xatirchi oziq-ovqat” agrofirmasi direktori Ochil Suyarov. — Ayni paytda Hindistonga 100 tonna mosh sotish bo‘yicha imzolangan shartnoma asosida ish olib boryapmiz. Bangladesh, Vyetnam davlatiga ham mosh sotish rejalashtirilgan.
Yarmarka davomida fermer va tayyorlov korxonalari, agrofirmalar o‘rtasida 15 ming 410 tonna mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 15 milliard so‘mlikdan ziyod shartnomalar imzolandi.
Izoh (0)