Qozog‘iston futbol federatsiyasi Ijroqo‘mi yig‘ilishida tashkilot prezidenti Yerlan Kojagapanovning o‘z xohishiga ko‘ra iste’fosi ma’qullandi. 2016-yilning 28-noyabrida Ostonada bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari saylov konferensiyasida ushbu masala tasdiqlanadi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Kojagapanov artofida ko‘plab mojarolar yuzaga kelgandi. U muhim lavozimlarga o‘z odamlarini tayinlagan va bir necha bor bahsli qarorlarni qabul qilishga majburlagan.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Aysultan Kojagapanovni chuqur bilimga ega emaslikda ochiqchasiga ayblagan.
19-oktabr kuni Yerlan Kojagapanov jamoat bosimi ostida Qozog‘iston futbol federatsiyasi prezidenti vakolatidan voz kechdi. So‘nggi paytlarda federatsiya rahbari vazifasini bajaruvchi Seild Bayshakov bo‘lib turibdi.
Izoh (0)